Ta'lim huquqi25 Aug 2023 07:18

«Super kontrakt» haqida tushuncha

«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️ Eng avvalo bir narsani unutmang: 2023-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiq qilinmagan. Har yili kontrakt narxi oliy ta’lim tashkiloti, ta’lim tili va ta’lim yo‘nalishiga qarab belgilanadi.

Super-kontraktni to‘lash uchun zarur ball talabi: har bir yo‘nalishda tabaqalashtirilgan qo‘shimcha to‘lov miqdori tasdiqlanadi. Kirish testlarida kam ball olgan, lekin super-kontrakt narxi to‘lanadigan talabalar qabul qilinadi. To‘lov miqdori o‘tish ballining yetishmaslik darajasiga qarab ortadi.

Super-kontraktni to‘lashning muddati va tartibi: odatda joriy o‘quv yili davomida to‘liq to‘lanishi kerak; ba’zi hollarda muddatli to‘lashga ruxsat etiladi. O‘qishga qaytganlar va akademik ta’tilga chiqqanlar uchun ham super-kontrakt to‘lanadi.

Oddiy kontrakt va super-kontrakt o‘rtasidagi farq: oddiy kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilinish uchun test sinovlarida yetarli ball to‘plash lozim, super-kontrakt esa kamroq ball bilan to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov.

Izohlar kompaniyaning maʼlumotlar bazasida saqlangan nashr etilgan sayt maqolalari uchun mavjud.