Ta'lim huquqi24 Aug 2023 08:53

Ta'lim krediti: Kimga, qancha va qanday beriladi?

TAʼLIM KREDITI KIMLARGA, QANCHA MUDDATGA VA QANDAY BERILADI?

✔️ Huquqiy asos:

Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.).

✔️ Kredit miqdori: talaba va ta’lim yo‘nalishiga qarab, kontrakt summasi miqdorida beriladi.

✔️ Qarz oluvchilar: bakalavriat va magistratura talabalarining ota-onalari yoki o‘zlari.

✔️ Kredit muddati: o‘qish davomiyligi + 3 yil imtiyozli davr, so‘ngra 10 yil ichida qaytariladi. Qizlar uchun foiz stavkasi 0%, yigitlar uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida.

✔️ Zarur hujjatlar: pasport, shartnoma nusxasi, to‘lov jadvali, bank kafilligi. Ariza my.gov.uz yoki banklar orqali topshiriladi.

✔️ Erta to‘lovga ruxsat etiladi.

Izohlar kompaniyaning maʼlumotlar bazasida saqlangan nashr etilgan sayt maqolalari uchun mavjud.