Yo'l harakati huquqi22 Aug 2023 11:35

16 yoshli shaxs ishonchnoma bilan mashina hayday oladimi?

#savol

❓Oʻgʻlim hozir 16 yoshda, chet elga safarga ketmoqchiman, vaqtincha avtomashinamni oʻgʻlimga ishonchnoma bilan berishim mumkinmi?

#javob

📑 Transport egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, bolalar, opa-singil, aka-uka) transport vositasidan foydalanishi va boshqarishi mumkin. Biroq transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi zarur. 16 yoshli shaxs haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lolmagani sababli ishonchnoma bilan ham mashina boshqara olmaydi.

Izohlar kompaniyaning maʼlumotlar bazasida saqlangan nashr etilgan sayt maqolalari uchun mavjud.