Barcha maqolalar

Bolani ko‘rsatmaslik uchun javobgarlik bormi?

Dominion Legist

⁉️Bolani ko’rsatmaslik uchun javobgarlik bormi?

Farzandni “bola uxlayapti“, “bola kasal”, “bola xohlamayapti” degan turli vajlar bilan koʻrsatmaslik ajrashgan oilalarda juda keng tarqalgan muammolardan biridir.

Qonun bu yerda yechim bera oladi qachonki, sudning rasmiy qarori boʻlganda.

Sud bolani kim bilan qolishini va ikkinchi taraf uni qachon koʻrishi mumkinligini belgilaydi. Sudning qarori taraflar uchun majburiy ijro etiluvchi hujjat hisoblanib, uni bajarmaslik qonun buzilishiga olib keladi.

Bolani ko’rsatmagan taraf birinchi safar ogohlantiriladi. Ikkinchi safar - jarima to’laydi. Agar bu ham yordam bermasa - sud bolani koʻrsatmagan tomondan olib, ikkinchi tomonga berishga haqli.

Ko’pchilik ota yoki onalar “farzand men bilan ekan demak hammasini oʻzim hal qilaman” deb notoʻgʻri oʻylashadi.

❗️Sud qarorini bajarmaslik - bu nafaqat qonuniy javobgarlik, balki keyinchalik bolaning vasiyligini yoʻqotish xavfi hamdir.
👉https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-288

Asl nashr: Dominion Legist Telegram

Bolani ko‘rsatmaslik uchun javobgarlik bormi? | Dominion Legist