Barcha maqolalar

Dekret ta’tilida mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?

Dominion Legist

📌 Bola parvarishlash (dekret) ta’tilidasiz, ammo mehnat shartnomangiz bekor qilindimi?
Amaliyotda ayrim ish beruvchilar homilador yoki bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodimalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini o‘z tashabbusi bilan bekor qilishga urinayotgan holatlar uchramoqda. Biroq bunday harakatlar qonunchilik talablariga zid bo‘lishi mumkin.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 408-moddasiga ko‘ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, homilador ayol bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda ham, ayolning yozma arizasi va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma asosida ish beruvchi mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, agar homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan bo‘lsa, ushbu ta’til yakuniga qadar uzaytirishi shart.
❗ Agar sizning mehnat huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, mehnat inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egasiz.
✅ Homiladorlik yoki bola parvarishlash ta’tilida bo‘lish xodimni qonun bilan belgilangan mehnat kafolatlaridan mahrum qilmaydi. Ish beruvchi bunday xodimalar bilan mehnat shartnomasini istalgan vaqtda o‘z xohishiga ko‘ra bekor qila olmaydi.
👉https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-287

Asl nashr: Dominion Legist Telegram

Dekret ta’tilida mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi? | Dominion Legist