Barcha maqolalar

Erning qarzi uchun xotin qachon javob berishi mumkin?

Dominion Legist

🔖Erning qarzi uchun xotini javob berishi mumkinmi?

Eshikni taqillatishdi. Qarshingizda MIB xodimi. Kredit eringiz nomiga olingan. Siz esa bundan mutlaqo bexabarsiz.

Javob qonunda aniq - lekin ko’pchilik uni noto’g’ri tushunadi.
Agar er qarzni nikohdan oʻtmasidan avval olgan bo’lsa - bu uning shaxsiy qarzi. Xotinga daxli yo’q.

❓Ammo qarzni nikohdan keyin olgan boʻlsachi?
Bu yerda qiziq tomoni boshlanadi.
Agar pul oila ehtiyoji uchun (masalan, uy ta’miri, oziq-ovqat va davolanish va hkz.)sarflangan bo’lsa, bunda xotin ham qarzga sherik bo’lishi mumkin. Va bu kredit umumiy mulk hisobidan toʻlanadi.
Ammo er pulni o’zi uchun - o’z biznesi va o’z extiyoji uchun ishlatgan bo’lsa - bu faqat uning krediti.

Farq qayerda? Pulning qayerga sarflanganida.

⚠️Har qanday ijroiya xati kelganida darhol tekshiring: qarz qachon olingan, nima uchun sarflangan. Bu ikki savol sizning huquqiy holatinizni belgilaydi.

👉 https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-285

Asl nashr: Dominion Legist Telegram