Barcha maqolalar

Fuqarolik-huquqiy shartnoma qachon mehnat munosabati deb topiladi?

Dominion Legist

💡Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma yoki Mehnat munosabatlari: Sud qanday yo’l tutdi?
Bugungi kunda ko’plab ish beruvchilar soliq va ijtimoiy sug’urta to’lovlaridan qochish maqsadida xodimlarni shtatga olmasdan, ular bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma (FHSH) tuzishni afzal ko’radi. Ammo qonunchilik bunday holatlarda mehnat munosabatlarini yashirishni qat’iyan cheklaydi.
Yaqinda sudda ko’rib chiqilgan sud ishi misolida bu masalani huquqiy jihatdan tahlil qilamiz.
Tashkilot fuqaro bilan savdo markazini qo’riqlash bo’yicha “Haq evaziga xizmat ko’rsatish” shartnomasi (FHSH) imzolagan. Qog’ozda bu mehnat munosabati emasdek ko’ringan. Lekin amalda:
1. Xodim tashkilotning ichki tartib-qoidalariga bo’ysungan holda “bir kun ish, bir kun dam olish” grafigida ishlagan;
2. Unga direktor tasdiqlagan lavozim yo’riqnomasi imzolatilgan va intizomiy javobgarlikka tortilgan;
3. Tashkilotning shtat jadvalida “qo’riqchi” lavozimi mavjud bo’lgan.
Sud qarori
Mehnat kodeksining 11 va 33-moddalariga asosan, agar fuqarolik-huquqiy shartnoma ostida aslida mehnat munosabatlari yashirilgan bo‘lsa, sud uni yakka tartibdagi mehnat munosabatlari deb e’tirof etadi.
Sud quyidagi 3 ta asosga ko‘ra da’voni qanoatlantirdi:
Tashkilotning shtat jadvalida tegishli lavozim mavjudligi;
Xodim belgilangan ish grafigiga (rejimiga) rioya qilgani;
Unga lavozim yo‘riqnomasi yuklatilgani.
⚖️Sud fuqarolik-huquqiy shartnomani mehnat munosabatlari deb topdi, ish beruvchidan xodim foydasiga ma’naviy zarar undirdi hamda tashkilot zimmasiga davlat boji va sud xarajatlarini yukladi.
💎Muhim farq:
Mehnat shartnomasida: Siz ish beruvchining ichki tartib-qoidalari va ish grafigiga bo’ysunasiz, jarayonni boshqarishda ishtirok etasiz (oylik ish haqi olasiz)
Fuqarolik-huquqiy shartnomada: Siz faqat yakuniy natijani topshirasiz, ichki tartibga bo’ysunmaysiz (bajarilgan ish dalolatnomasi asosida haq to’lanadi)
👉 https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-293

Asl nashr: Dominion Legist Telegram