Barcha maqolalar

Ma'muriy huquq

Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi

Yangilangan 2026-yil 24-iyul

#savol

❓Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi qanday?

#javob

📖 Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish xizmati my.gov.uz portali orqali Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi guvohnoma olish uchun shaxsiy ma’lumotlari va toifa bo‘yicha malakasini ko‘rsatib, onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Teoretik va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, 70 % BHM miqdorida to‘lov qilinadi va guvohnoma beriladi.