Barcha maqolalar

Intizomiy jazo qo‘llashdagi uchta keng tarqalgan xato

Dominion Legist

Intizomiy jazo qo’llashdagi 3 ta eng katta xato: Ish beruvchi nega sudda yutqazadi?
Kompaniya va tashkilot rahbari xodimga nisbatan intizomiy choralar qo’llashda ko’pincha texnik xatolar tufayli sudda nohaq bo’lib qoladi. Amaliyotda uchraydigan asosiy xatolar:
1. Umumiy asoslar bilan jazo qo’llash
Buyruqda “o’z ishiga mas’uliyatsizlik qilgani uchun” yoki “jamoada muhitni buzgani uchun” kabi umumiy iboralar yozilishi.
Mehnat kodeksining 312-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo faqat xodim mehnat intizomini buzgan taqdirda qo’llaniladi. Buyruqda umumiy so’zlar emas, xodim qaysi aniq qoidani va qanday tarzda buzganligi ko’rsatilishi shart.
2. Vaqtni o’tkazib yuborish
Xodimning xatosi aniqlanganiga bir necha oy bo’lgan bo’lsa ham jazo qo’llanilmasdan, vaqt o’tib ketganidan keyin jazo qo’llash.
Mehnat kodeksining 314-moddasida aniq muddat belgilangan. Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol. Biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo’llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo’lgan yoki ta’tilda bo’lgan davr hisobga olinmaydi.
Agar rahbar bu muddatni o’tkazib yuborsa, xodim qanchalik aybdor bo’lmasin, sud buyruqni bekor qiladi.
3.Tushuntirish xatini so’ramaslik
Xodimning fikrini eshitmasdan yoki undan yozma tushuntirish xatini olmasdan turib buyruqni chiqarish.
Mehnat kodeksining 313-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra aniqlangan boʻlsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart. Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
👉 https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-300

Asl nashr: Dominion Legist Telegram