Ish topishda qo‘shimcha imkoniyat beriladigan toifalar
Siz ushbu toifaga kirasizmi? Qonun ish topishda sizga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
“Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga kòra, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan ayrim fuqarolarni ish bilan ta'minlash maqsadida tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladi.
📌 Ushbu toifaga quyidagilar kiradi:
14 yoshgacha yoki nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan yolg‘iz ota-onalar hamda ko‘p bolali oilalar;
Maktab, kollej, texnikum va oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, jumladan davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar;
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolar;
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiyaoldi yoshidagi fuqarolar;
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;
Odam savdosi qurbonlari.
⚠️ Shuningdek, mahalliy Kengashlar Bandlikka ko‘maklashish markazlari taklifiga ko‘ra boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun ham ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilishi mumkin.
💡 Mazkur tartibning asosiy maqsadi – aholining bandligini ta'minlash va har bir fuqaro uchun mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirishdir.
👉https://t.me/dominion_legist
Huquqiy eslatma
Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.