Barcha maqolalar

Ish vaqtidagi tabiiy o‘lim: ish beruvchining javobgarligi

Dominion Legist

Ish vaqtidagi tabiiy o’lim: ish beruvchi moddiy javobgar bo’ladimi?
Ko’pchilik yuristlar va mehnat inspektorlari o’rtasidagi keng tarqalgan noto’g’ri qarash mavjud: “Agar xodim ish joyida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisada jarohat olmasa yoki shikastlanmasa ish beruvchi javobgar bo’lmaydi”. Aslida ham shundaymi?
⚖ Fuqarolik ishlari bo’yicha sudning birida ish vaqtida sodir bo’lgan baxtsiz hodisa zararini undirishga oid murakkab ish ko’rib chiqildi.
Tashkilotda haydovchi bo’lib ishlayotgan xodim navbatdagi ish smenasida, o’z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida to’satdan yurak xuruji tufayli ish joyi vafot etadi. Marhumning oila a’zolari sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Mehnat kodeksi talablari asosida quyidagilarni undirishni so‘raganlar:
1. Ish beruvchining aybidan qat’i nazar, sog‘liqqa yetkazilgan shikast munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqa;
2. Boquvchisini yo‘qotganlik uchun har oylik tovon to‘lovlari;
3. Ma’naviy zararni qoplash.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi “zo‘ravonliksiz (tabiiy) o‘lim” — yurakning ishemik kasalligi, o‘tkir transmural miokard infarkti va o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi oqibatida yuz bergan. Davlat mehnat nazorati inspektori o‘lim mexanik jarohat yoki baxtsiz hodisa tufayli yuz bermagani, yurak xuruji esa ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq emasligini asoslab, “N-1” shaklidagi dalolatnoma tuzish qonunga muvofiq emasligini bildirgan.
Birinchi instansiya sudyasi to‘plangan hujjatlar va ekspert xulosalarini o‘rganib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’voni rad etdi:
Xodimning o‘limi mehnat muhofazasi qoidalari yoki mexanik jarohat bilan bog‘liq emas, balki tabiiy kasallik oqibatida yuz bergan;
Ish beruvchining qonunga xilof harakati yoki voqeada aybi mavjudligi isbotlanmagan;
Ma’naviy zarar undirish qismi bo‘yicha sodir bo‘lgan holat yuzasidan ish beruvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan va aybdorlikni aniqlovchi jinoyat sudi hukmi mavjud emas.
📍Mehnat kodeksining 327-moddasiga ko’ra, boquvchi bo’lgan xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan mehnatda mayi bo’lganligi, kasb kasalligi yoki sog’liqqa yetkazilgan boshqa shikast tufayli vafot etgan taqdirda ish beruvchi modda ko’rsatilgan shaxslarga ziyonning o’rnini qoplashi shart.
👉https://t.me/dominion_legist

Huquqiy eslatma

Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.

Teglar

#qonunchilik
#huquqiy yangilik
#telegram-296

Asl nashr: Dominion Legist Telegram

Ish vaqtidagi tabiiy o‘lim: ish beruvchining javobgarligi | Dominion Legist