Barcha maqolalar

Oila huquqi

Kam aliment to'lovi? Daromadni qanday tekshirtirish mumkin.

Yangilangan 2026-yil 24-iyul

#savol

Men aliment olaman. Turmush oʻrtogʻimning daromadi juda yaxshi. Lekin aliment miqdorini kam toʻlaydi. Buni tekshirtirish uchun kimga murojaat qilishim kerak?

#javob

📘 Oila kodeksiga muvofiq, aliment miqdori bolalar soniga qarab belgilanadi (1/4, 1/3, 1/2). Agar aliment miqdori kam toʻlangan bo‘lsa, Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limiga murojaat qilib, toʻlovni tekshirtirish va daromadlarni yashirmaslikni talab qilish mumkin. Daromadlarni yashirish jinoyat hisoblanadi.