Muddatli mehnat shartnomasi tugagach xodim ishlashda davom etsa
Muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan bo‘lsa-yu, xodim ishlashda davom etsa nima bo‘ladi?
Amaliyotda ko‘p uchraydigan holatlardan biri — muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan bo‘lishiga qaramay, xodim o‘z vazifalarini bajarishda davom etishi va ish beruvchi ham bunga e’tiroz bildirmasligidir.
Mehnat kodeksining 158-moddasiga ko‘ra, muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Bunda mehnat shartnomasini muddat tugaganligi sababli bekor qilishni istagan taraf boshqa tarafni kamida 3 kalendar kun oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Shu bilan birga, agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin ham mehnat munosabatlari davom etsa va taraflardan birortasi bir hafta davomida mehnat munosabatlarini tugatishni talab qilmasa, bunday shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi deb hisoblanadi.
✅ Xulosa: Muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagani o‘z-o‘zidan mehnat munosabatlari tugaganligini anglatmaydi. Agar xodim ishlashda davom etsa va taraflar bir hafta ichida shartnomani bekor qilishni talab qilmasa, mehnat shartnomasi avtomatik ravishda nomuayyan muddatga tuzilgan shartnomaga aylanadi.
👉https://t.me/dominion_legist
Huquqiy eslatma
Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.