Noqonuniy ishdan bo‘shatish uchun ma’naviy zarar undirish
💼 Noqonuniy ishdan bo’shatilgan xodim ma’naviy zarar talab qila oladimi?
Ko’pchilik ishdan noqonuniy bo’shatilgan xodimlar sud orqali faqat isha tiklash va bekor turib qolingan vaqt uchun ish haqi undirish mumkin deb o’ylaydilar. Biroq, ish beruvchining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan ruhiy va ma’naviy azoblar uchun ham alohida pul kompensatsiyasi undirilishi qonunda aniq belgilab qo’yilgan.
Shunday holatga duch kelsangiz, mehnat huquqlaringizni qanday himoya qilishni bilishingiz shart.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 565-moddasiga asosan:
Agar xodimga mehnat huquqlarining buzilishi natijasida ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubat yetkazilgan bo‘lsa, sud xodimning talabiga ko‘ra ma’naviy zararni kompensatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.
💸 Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar faqat pul bilan qoplanadi va uning miqdorini aniqlashda adolatlilik va oqilonalik talablari hisobga olinadi.
Xodimlar ushbu mexanizm qanday ishlashini quyidagicha tushunishlari lozim:
1. Agar sud tomonidan chiqarilgan buyruq (ishdan bo‘shatish yoki intizomiy jazo) noqonuniy deb topilsa, bu xodimning mehnat huquqlari buzilganligini bildiradi. Bu holat avtomatik ravishda ma’naviy zarar undirish huquqini beradi.
2.Kutilmaganda va noqonuniy ishda bo’shatililish xodimning jamiyatdagi va oiladagi obro’siga putur yetkazadi, doimiy stress, ruhiy tushkunlik va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.
3. Qonunchilikda ma’naviy zararning aniq yoki eng kam miqdori belgilab qo‘yilmagan. Har bir holatda sud xodim chekkan azob darajasiga, sog‘lig‘iga ta’siriga va ish beruvchining ayb darajasiga qarab summasini o‘z xohishiga ko‘ra (adolat mezoni asosida) belgilaydi.
Ishga tiklanish haqida da’vo kiritilayotganda yoki ishga tiklangandan keyin ham alohida ariza berish orqali ma’naviy zararni undirish mumkin.
💡Noqonuniy ishdan bo‘shatish — bu faqat mehnat daromadini yo‘qotish emas, balki insonning qadr-qimmati, ruhiy sog‘lig‘i va obro‘siga yetkazilgan jiddiy zarardir.
👉https://t.me/dominion_legist
Huquqiy eslatma
Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.