Qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish qachon qo‘llanadi?
Qarzdorni "jazolashning" eng kuchli quroli: To'lovga qobiliyatsizlik (Bankrotlik) 🎯
Biznesdagi eng og'riqli nuqtalardan biri — shartnomaviy intizomning buzilishi va oylab undirib bo'lmaydigan debitor qarzdorliklardir. Sudda yutib chiqasiz, MIBga berasiz, lekin qarzdor "Hisobimda pul yo'q", deb turli vajlar bilan vaqtni cho'zib yuradi.
Bunday vaziyatda qanday yo'l tutish kerak? Kuni kecha amaliyotimizda tahlil qilingan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining ishi (4-1705-2501/-sonli) biznes egalari uchun ajoyib master-klass bo'la oladi.
Holat qanday edi? Kreditor qarzni undirish bo'yicha sud qarorini olgan, ammo qarzdor MChJ turli instansiyalarga shikoyat qilib, qariyb 5 oy davomida qarzni to'lashdan bo'yin tovlagan. Bunga javoban, kreditor oddiy undiruvdan voz kechib, eng og'ir artilleriyani ishga tushirdi: qarzdorni bankrot deb topishni so'rab sudga murojaat qildi.
Sud qanday qaror qabul qildi? Sud qarzdorning "Aktivlarim bor, qarzimni uzaman, yana muddat bering" degan quruq vajlarini inobatga olmadi, chunki bu sudda dalillar bilan isbotlanmadi. Qonunchiligimizga ko'ra, qarz 3 oy ichida to'lanmasa, korxona bankrot deb topilishiga to'laqonli asos bo'ladi.
Natijada:
❌ MChJ bankrot deb topilib, tugatish ishlari boshlandi.
❌ Korxona rahbari barcha vakolatlaridan va mulkni tasarruf etish huquqidan ayrildi.
❗️ Eng muhimi — sud boshqaruvchisiga 2 oy ichida qarzdorning harakatlarida jinoyat alomatlari (mol-mulkni qasddan yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish) bor-yo'qligini tekshirib, prokuraturaga xulosa berish vazifasi yuklatildi.
🔥 Biznes egalari uchun xulosa:
Agar kontragentingiz shartnoma majburiyatlarini qo'pol ravishda buzib, qarzni ataylab to'lamayotgan bo'lsa — to'lovga qobiliyatsizlik ishini qo'zg'atish eng radikal va samarali yechimdir. Bu qarzdor rahbariga to'g'ridan-to'g'ri jinoiy javobgarlik xavfini tug'diradi va odatda pullarni tezroq topib berishga majbur qiladi.
Biznes bu — qat'iy intizom. Huquqlaringizni himoya qilishni va "o'lik" qarzlarni undirishni professionallarga topshiring.
👉https://t.me/dominion_legist
Huquqiy eslatma
Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.