Barcha maqolalar

Ekologiya huquqi

Toshkentning yashil tashabbusi: 2030-yilgacha daraxtlarga pasport

Yangilangan 2026-yil 24-iyul

#bilasizmi

⚡️Endilikda har bir daraxtga pasport beriladi va 2030-yilgacha Toshkentning yashil maydonlari 5000 gektarga yetkaziladi.

Bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2024-yilda hozirda mavjud 900 gektarga qoʻshimcha 300 gektar koʻkalamzor hudud tashkil etilib, yashil maydonlar 1100 gektarga yetkaziladi. 2025-yilda yana 500 gektar qoʻshiladi.

2026–2029-yillarda yiliga 700 gektardan koʻkalamzor hudud barpo etilishi rejalashtirilgan. Daraxtlarni kuzatib borish uchun har bir daraxtning shaxsiy "pasporti" yaratiladi.