Xodim yetkazgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgarlik qachon yuzaga keladi?
📌 Xodim tomonidan yetkazilgan zarar uchun xodim to‘liq moddiy javobgar bo‘ladimi?
Xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan har qanday zarar uchun uni to‘liq moddiy javobgar qilish holatlari bugungi kunda amaliyotda ko‘p uchramoqda.
To‘g‘ri, xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart. Ammo zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Agar xodim moddiy javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa, undiriladigan summa, xodimning o‘rtacha oylik ish haqi doirasida undiriladi.
⚖️ Shuningdek, xodim moddiy javobgarlikka tortilib, zarar undiriladigan bo‘lsa ham, sud aybning darajasi va shaklini, ishning aniq holatlarini hamda xodimning moddiy ahvolini hisobga olib, undiriladigan zarar miqdorini kamaytirishi mumkin.
Huquqiy eslatma
Ushbu material umumiy ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, individual yuridik maslahat o‘rnini bosmaydi.